Home » Music & Audio » Farruh Komilov qo'shiqlari
Farruh Komilov qo'shiqlari Apk

Farruh Komilov qo'shiqlari 2.0 APK

  • Version: 2.0
  • File size: 37.63MB
  • Requires: Android 4.1+
  • Package Name: com.farruh.komilov
  • Developer: TaronApp
  • Updated Oct 11, 2019
  • Price: Free
  • Rate 4.80 stars – based on 5 reviews
Farruh Komilov qo'shiqlari App

Komilov Farruh Ravshanovich 1989 yil 20 may kuni Toshkent shahrida tavallud topgan.
1996 yil Chilonzor tumanidagi 270-o'rta maktabda ilk tahsillarini ola boshlagan. 5 yil tahsil olgach 195-gimnaziya maktabida tahsilni davom ettirgan. 1998 yil musiqaga bo'lgan qiziqishi tufayli Chilonzor tumanidagi 7 sonli musiqa maktabiga fortopiano bo'limiga o'qishga kiradi. Musiqiy bilimini yanada kuchaytirish uchun 2004 yil Hamza nomidagi musiqa bilim yurtiga imtihon topshiradi va tahsil olishga layoqatli deb topiladi. Estrada sozandasi bo'limiga kirgan Farruh 1 yildan so'ng o'z istagiga ko'ra estrada xonandasi bo'limiga o'tkaziladi. Chunki, o'sha vaqtlarda Farruhda xonandalikka qiziqish payda bo'lgan edi. 2007 yil a'lo baholar bilan ushbu bilim yurtini tamomladi.
2008 yil Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetiga bugalteriya audit bo'limiga o'qishga kiradi. Yosh Komilovning maqsadi aynan mana shu ikki sohani yaxshi o'rganib, o'z sohasining ustasiga aylanish.
Farruh Komilov san'atga kirishiga otasi Ravshan Komilov sababchi bo'lgan. Uning birinchi qo'shig'i "Har taraf" deb nomlangan bo'lib, u Farruhga ilk shuhratni olib kelgan.
Har bir qo'shig'ini yaralishida albatta avval otasi bilan maslahatlashadi. 2005 yil Ravshan Komilov hamda Farruh Komilov birgalikda sobiq Xalqlar do'stligi saroyida konsert dasturlarini taqdim etishdi.
Hozirda Farruh Komilovning 2ta albomi, 20ga yaqin qo'shiqlari bor.

Ushbu ilovada Farruh Komilovning:
- Aylandi
- Besame
- Borsan
- Har qadam
- Hayyora
- Kel-kel
- Mini
- Netay
- Mini-mini remix
- Olifta qiz
- Onajon
- Qirq kokil
- Sog`inaman
- Tango
- Taram-taram
- Tasanno
- Voy-voy
- Har taraf
- Yoroney nomli taronalari joy olgan.

Show More